«Real» klubi Chempionlar Ligasi finalida to'p tepish huquqini qo'lga kiritishga yaqin turibdi.
Agar madridliklar «Bavariya» to'sig'idan o'tishni uddalasa, Kiev shahrida o'tkaziladigan final ular uchun qatorasiga uchinchisi bo'ladi. Natijada, «Real» bu ishni ikki marta amalga oshirgan ilk klubga aylanishi mumkin.
1956-1960 yillarda «Real» qatorasiga 5 marta finalga chiqib, shuncha marta g'alaba qozongan.
Keyingi yillarda qatorasiga uch marta finalga chiqishni «Benfika», «Ayaks», «Bavariya», «Milan» va «Yuventus» klublari uddalagan.