"Real" va Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu o'z faoliyatidagi eng ajoyib mavsumlardan birini o'tkazdi. Bir yil ichida u qo'lga kiritgan sovrinlarni yodga olamiz.
1) 2016 yilning 28 may kuni Krishtanu Ronaldu EChL finalida penaltidan hal qiluvchi golni urdi va Kubokni qo'lga kiritdi.
2) 2016 yilning 10 iyul kuni Portugaliya terma jamoasi safida Evro-2016da g'olib chiqdi.
3) 2016 yilning avgust oyida Evropaning eng yaxshi futbolchisi deb topildi va UEFA unga sovrin topshirdi.
4) 2016 yilning dekabr oyida Krishtianu Ronaldu faoliyatidagi to'rtinchi "Oltin to'p"ga ega chiqdi.
5) Shu oyning o'zida u klublar o'rtasidagi Jahon chempionatida g'oliblikni qo'lga kiritdi.
6) 2017 yilning yanvar oyida portugaliyalik futbolchi FIFA tasnifi bo'yicha yilning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.
7) 2017 yilning mart oyida Krishtianu Ronaldu "Portugaliyaning 2017 yildagi eng yaxshi futbolchisi" unvoniga ega bo'ldi.
8) 2017 yilning may oyida "Real" bilan La ligada chempionlikni qo'lga kiritdi.
9) 2017 yilning 3 iyun kuni "Real" bilan Evropa chempionlar ligasi g'olibiga aylandi.
Shu tariqa, Krishtianu Ronaldu so'nggi 13 oy ichida 9ta turli — jamoaviy va individual sovrinlarga ega bo'ldi.