“Bavariya” klubi EChL yarim final javob bahsidan o'rin olgan “Real”ga qarshi uchrashuvda maydonga tushishi uchun Madridga uchib ketdi.
Jamoa tarkibidan Manuel Noyer, Arturo Vidal, Kingsli Koman va dastlabki bahsda jarohat olib safdan chiqqan Aren Robben va Jerom Boatenglar chetda qolgan.
Shuningdek, birinchi uchrashuvni o'tkazib yuborgan David Alaba safga qaytdi.
Eslatib o'tamiz, “Real” – “Bavariya” o'yini 1 may kuni Toshkent vaqti bilan 23:45 da boshlanadi.