"Real" prezidenti Florentino Peres jamoa bosh murabbiyi Zayniddin Zidanning ish uslubiga hech qachon ishonch bildirmaganini tan oldi.
"Men hech qachon rotatsiya siyosatiga ishonmasdim. Agar futbol tarixiga nazar tashlasak, rotatsiya hech qachon yaxshi natijalar keltirmagan. Endi esa jim bo'lishga majburman. Zidan meni hayron qoldirdi.
Zayniddinni futbolchi sifatida xarid qilganimda, u "Real"ni o'zgartirgandi, endi esa murabbiy sifatida shunday ishga qo'l urdi. U jahonning eng yaxshi futbolchisi edi, endi — eng yaxshi murabbiy. Zidan jamoada umrining oxirigacha qolishi mumkin. Bunday qisqa vaqt ichida, u biz bilan 17 oydan beri birga, shuncha ko'p sovrinni qo'lga kiritish — shunchaki aql bovar qilmaydi.
Finalda bizga oson bo'lmadi, ayniqsa, birinchi bo'limda. Ammo ikkinchi bo'lim men ko'rgan o'yinlarimizning eng yaxshisi bo'ldi", – dedi Florentino Peres.