“Real” a'zosi Garet Beyl yozda jamoani tark etmaydi. Gap shundaki, hech bir klub “qirollik klubi”ning Beyl borasidagi talabini bajarishga tayyor emas.
Uelslik futbolchiga “Chelsi”, “MYu”, “Bavariya”, “Liverpul”, “Manchester Siti” va “Inter” qiziqayotgandi. “Real” Beyl uchun kamida 100 mln evro so'ramoqda.