«Real» yarim himoyachisi Garet Beyl «Yuventus»ga qarshi bo'lib o'tgan Evropa chempionlar ligasi final bahsi borasida o'z fikrlarini bildirib o'tdi. Kardiffdagi «Millenium» stadionida o'tgan uchrashuvning 77-daqiqasida uelslik futbolchi zaxiradan maydonga tushdi.
«Aynan shunday lahzalar uchun men futbolchi bo'lganman va "Real"ga o'tganman. Bunday jamoa a'zosi bo'lish — juda zo'r. Barchasi shunday davom etishini istayman.
Boshlang'ich tarkibdan o'rin olmaganimni o'yindan oldin aytishdi, ammo buni men avvalroq bilardim. Umuman olganda, Chempionlar ligasi final bahsi qaydnomasiga kiritilganimning o'zi katta omad. Axir jarohatdan keyin jamoa bilan 5 kun shug'ullandim xolos. Lekin men qaydnomadan o'rin olish va zaxiradan tushish uchun qo'limdan kelgan barcha ishni qildim», — dedi Beyl.