"Bavariya" hujumchisi Robert Levandovski "Real"ning yozgi transferlar ro'yxatidan chetda qoldi, deya xabar beradi Marca.
Madridliklar hujum chizig'ini kuchaytirish uchun uchta nomzodni ko'rib chiqmoqdalar: Harri Keyn ("Tottenxem Xospur"), Timo Verner ("RB Leyptsig") va Mauro Ikardi ("Inter").
Avvalroq, Levandovski jamoadoshlariga yozda "Real" o'tish istagi haqida gaprigan ma'lum bo'lgan edi. Ammo 29 yoshli futbolchining shartnomasi 2021 yilgacha tuzilgan, myunxenliklar uni sotmoqchi emaslar.