Ispaniyalik jurnalist Gilem Balage "Bavariya" hujumchisi Robert Levandovskini "Real"ga o'tishi haqidagi xabarlarga izoh berdi.
"Krishtianu Ronaldu va Serxio Ramos o'tgan mavsumda EChL chorak finali javob uchrashuvidan so'ng Levandovskini "Real"ga chorlaganlar.
Ronaldu jamoada Benzema singari aqlli harakat qiladigan, himoyachilarni chalg'itadigan va albatta gol ura oladigan hujumchini ko'rmoqchi.
Benzema susaymoqda va jamoaga yaratilgan vaziyatlardan foydalana oladigan va shu bilan birga Ronalduni qanday insonligini unutmaydigan hujumchi kerak.
"Sharhlarga ko'ra, polyak futbolchisi o'ziga ishongan. Shuning uchun markaziy hujumchi rolini rad qilmasa kerak. Shundan kelib chiqib, "Real"da ikki hujumchilik variant paydo bo'lishi mumkin, "Real" ba'zan Ronaldu-Beyl juftligidan foydalanadi", - deydi Balage.