"Barselona" prezidenti Jozep Bartomeu "PSJ" hujumchisi Neymarning klubga qaytish imkoniyati haqida gapirdi.
"Men primerada kuchli futbolchilar o'ynashini xohlardim va tabiiyki, Neymarni "Barselona"ga qaytargan bo'lar edim", - deydi Bartomeu.
Shuningdek, "Barselona" rahbari "Real"ning kataloniyaliklar uchun chempionlik yo'lakchasi tashkil qilmasligi haqida qaroriga izoh berdi
"Har kim o'zi to'g'ri deb hisoblagan ishga qo'l uradi. Chempionlik yo'lakchasi bo'lmaydimi, demak, bo'lmaydi. Bunga o'xshash holat aval ham bo'lganday, ammo men eslay olmayapman", - deydi Bartomeu.