“Bavariya”ga qarshi kechadigan EChL yarim finali javob o'yinida “Real” Iskoning xizmatidan foydalana olmaydi. Bunga futbolchining elkasidan olgan jarohati sabab bo'lmoqda.
Ma'lumot uchun, birinchi o'yinda Isko jarohat tufayli ikkinchi bo'limda maydonga tushmagan, uning o'rnini Asensio egallagandi.
Eslatib o'tamiz, oldinroq Karvaxalning ham Myunxendagi o'yinda ishtirok eta olmasligi ma'lum bo'lgandi.