"Real" forvardi Krishtianu Ronaldu "Bavariya"ga qarshi (1:2) chempionlar ligasi bahsida g'alaba qozongan holda musobaqa tarixida eng ko'p uchrashuvlarda zafar quchgan futbolchiga aylanib oldi.
"Bavariya"ga qarshi uchrashuv Portugaliyalik uchun musobaqadagi 99-g'alabaga aylandi va u Iker Kasilyasni (98 g'alaba) ortda qoldirgan holda yetakchiga aylanib oldi. Ronaldu mazkur g'alabalardan 70 tasini "Real Madrid" safida, 29 tasini esa "Manchester Yunayted" libosida qo'lga kiritgan.
Eslatib o'tamiz, chempionlar ligasida eng ko'p g'alaba qozongan futbolchiga aylanib olgan Krishtianu 121 gol bilan musobaqa tarixidagi eng yaxshi to'purar ham hisoblanadi.
RealBlancos