Evropa Chempionlar ligasining finalida dubl qayd etib, «Real»ni tarix sahifalariga olib kirgan Krishtianu Ronalduda faqatgina bitta armon bor — jahon chempionligi.
Portugaliyalik futbolchi qolgan barcha sovrinlarni qo'lga kiritib bo'ldi. Ayniqsa, uning oxirgi 372 kuni fantastik ruhda kechdi. Bu vaqt davomida u Chempionlar ligasida ikki marta zafar quchishga muvaffaq bo'ldi.
Krishtianunning 372 kuni:
2016 yil, 28 may — Chempionlar ligasi g'olibi
2016 yil, 10 iyul — Evro—2016 g'olibi
2016 yil, 25 avgust — Evropaning eng yaxshi futbolchisi
2016 yil, 12 dekabr — «Oltin to'p» sohibi
2016 yil, 18 dekabr — klublar o'rtasi JCh g'olibi
2017 yil, 9 yanvar — «The Best» sohibi
2017 yil, 20 mart — Portugaliyada yil futbolchisi
2017 yil, 21 may — Ispaniya chempioni
2017 yil, 3 iyun — Chempionlar ligasi g'olibi