"Real" ustozi Zinedin Zidan uchrashuvdan so'ng OAV intervyu berib o'tdi.
G'alaba haqida:
"Biz natijadan qoniqish hosil qilishimiz mumkin, uchrashuv avvalida qiyinchiliklarga duch keldik. Ammo baxsning ikkinchi bo'limida yaxshi o'yin ko'rsatdik. Menga bunday o'yinlarda ishtirok etish yoqadi. Baxsni yomon boshladik, lekin yakun ajoyib bo'ldi. "Bavariya"da imkoniyatlar ko'p bo'ldi, ammo biz o'yinni nazorat qilib turdik.
O'tkazib yuborilgan golda butun jamoa aybdor, faqat Keylor emas. Ikkinchi bo'limda Navas bir necha bor qutqarib qoldi. Biz uchun to'psiz o'ynash juda qiyin, biroq yakunda buning chorasini topdik. "Bavariya" haqida nima deyman. Men Riberyga alohida to'xtalmoqchiman, u Karvaxalga qarshi ajoyib harakat qildik."
Javob o'yini haqida:
"Bugungi baxsning natijasidan qat'iy nazar "Bernabeu"da bizni qiyin o'yin kutib turubdi. G'alabadan xursandmiz, biroq bizni jiddiy qarshilik kutmoqda. "Yuventus"ga qarshi o'yindan so'ng har qanday vaziyat bo'lishini tushinib yetdik."
Iskoning almashtirilishi haqida:
"Isko o'zini noqulay xis etdi, unda kichik og'riqlar paydo bo'ldi. Va shu sabab men zahiradan foydalanishga harakat qildim."
Karvaxak haqida:
"U o'zini yaxshi xis etayotganini aytdi, ammo biz uning xolatini Madriddagi tekshiruvdan so'ng bilamiz."
Beyl haqida:
"Bu o'yinga men faqat eng yaxshilarni tashladim. Hozirda Garetdan kuchli futbolchilar tarkibda bor. Ammo bu Beylga ishonmasligimning dalolati emas. Boshqa o'yinlar borki unda Beyl maydonga tushadi."
Bobojonov