"Real"ning EChL yarimfinali birinchi o'yinida "Bavariya"ni safarda 2:1 hisobida mag'lub etgani Evropa matbuotining bosh mavzusi bo'lmoqda.
AS nashri shunday yozadi:
"Myunxenda "Real"ni anchadan buyon ""Madridlik qora vahshiy" deb ataydilar. Ular hatto shu nomda ispancha yozilgan sharf ham sotadilar. "Bavariya" bu safar qora kiyim kiygan yangi vahshiyni topdi: Marko Asensio. U bu kecha juda yaxshi o'ynadi".