"Real"ning EChL yarimfinali birinchi o'yinida "Bavariya"ni safarda 2:1 hisobida mag'lub etgani Evropa matbuotining bosh mavzusi bo'lmoqda.
Mundo Deportivo shunday yozmoqda:
"Myunxendagi g'alabadan so'ng "Real" Kievdagi finalga yaqinlashdi. Bu 1 may kuni, "Sentyago Bernabeu"da - bu mavsum ko'p jamoalar uchun "yaxshi uy" bo'lgan stadionda hal bo'ladi. Biz "Real"ning o'z uyida "Yuventus"ga yutqazganini yaxshi eslaymiz.
"Bavariya" bor kuchini sarflashga urinib ko'radi, ular hatto Myunxendagi o'yinda ko'prog'iga munosib edilar. Ular yaxshiroq o'ynashdi, ammo gol ura olishmadi. "Real"ga esa omad kulib boqdi, "qaymoqlanglar" oltinga teng g'alabaga erishdilar".