“Liverpul” klubi hujumchi Muhammad Salohni jamoada olib qolmoqchi.
Misrlik hujumchi ayni damda aqlbovar qilmas darajada o'yin ko'rsatmoqda. Shu bois “mersisaydliklar” futbolchi bilan xayrlashmoqchi emas. “Daily Mail” manbasining yozishicha, “Liverpul” ayni damda Salohni sotib olmoqchi bo'layotgan “Real”ning har qanday taklifini rad etishga tayyor.
Ma'lumotlarga ko'ra, “qirollik klubi” Saloh uchun 200 mln funt tayyorlab qo'ygan.