Joriy Chempionlar ligasining 2-yarimfinali 1-uchrashuvida “Bavariya” o'z maydonida Madridning “Real”iga 1:2 hisobida imkoniyatni boy berdi.
Bu g'alaba evaziga “Real” musobaqa tarixida “Bavariya”ni qatorasiga 6 ta o'yinda mag'lub eta olgan ilk jamoaga aylandi.
Oxirgi 6 o'yinda “Real” myunxenliklarning 5 ta goliga 15 ta gol bilan javob bergan.
“Real”ning bu g'alabali seriyasi 2011/12 yillardagi Chempionlar ligasi yarimfinalida boshlangan. O'shanda madridliklar 2:1 hisobida zafar quchishgan. Shundan keyin “Real” “Bavariya” bilan 2011/12 yillardagi Chempionlar ligasi yarimfinalining ikkala o'yinida ham mos ravishda 1:0 va 4:0 hisobida va 2016/17 yillardagi Chempionlar ligasi chorakfinalida 2:1 va 4:2 hisobidagi g'alabalarga erishgan.