“Bavariya” EChL yarim finalning birinchi uchrashuvida o'z uyida “Real”ga imkoniyatni boy berdi (1-2). Bu Myunxen klubining joriy mavsumda o'z uyidagi birinchi mag'lubiyati bo'ldi.
O'tgan yilning avgustidan shu paytga qadar “Bavariya” “Alyants Arena”da 21 ta o'yin o'tkazgandi. Shulardan 18 tasida g'alaba qozonib, 3 tasida durangga erishgan. To'plar nisbati 67-12 edi.