"Real" yarimhimoyachisi Lukas Vaskes EChL yarimfinalida "Bavariya" ustidan safardagi g'alabadan so'ng (2:1) fikrlarini bildirdi.
"Yaxshi natijaga erishish qiyin bo'lishini bilar edik. Golli uzatmam? BU yaxshi qarshi hujum bo'ldi, Marko Asensio menga to'p uzatdi, unga javob tariqasida to'p uzatdim, u hammasini ideal ravishda yakunlab qo'ydi.
Jamoadoshlarimning yordami tufayli himoyaning o'ng qanotida osonroq o'ynayapman. Riberi - yaxshi o'yinchi, u 35 yoshda, ammo 25 yashardek ko'rinadi.
"Bavariya" o'tgan yilda javob uchrashuvida bizga ko'p muammo tug'dirgandi, shuning uchun finalga yo'l olishni istasak, yana bitta yaxshi o'yin ko'rsatishimiz kerak", - deydi Vaskes.