"Real" bosh murabbiyi Zinedin Zidan EChL yarimfinalida "Bavariya" ustidan qozonilgan g'alabadan so'ng (2:1) fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"Natijadan juda mamnunmiz. Birinchi daqiqalarda o'yin nazoratini qo'lga olish uchun harakatimiz davomida qiyinchiliklarga uchradik. Hali hech narsa hal bo'lmadi. "Bavariya"ning "Santyago Bernabeu"da halaba qozonish ehtimoli ko'proq. Ammo biz Myunxenda 2:1 hisobida g'alaba qozonganimizdan xursandmiz.
"Bavariya"ning goli Nvasninggina emas, bir nechta o'yinchining xatosi bilan bo'ldi. Navas ikkinchi qoyilmaqom o'ynadi. To'psiz harakat qilishga qiynaldik. Riberi yaxshi o'yin o'tkazdi. Bizda kuchli motivatsiya bor. Biz chempionlar ligasi doirasida chet elda o'ynashni yaxshi ko'ramiz. Raqib o'z imkoniyatlariga ega bo'ldi, ammo umuman olganda o'yinni yaxshi nazorat qildik", - deydi Zidan.