"Bavariya" bosh murabbiyi Yupp Haynkes EChL yarimfinalida "Real"ga qarshi birinchi o'yindagi mag'lubiyatdan so'ng (1:2) fikrlarini bildirdi.
"Xatolarimiz tufayli "Real"ga ikkta gol sovg'a qildik, o'z vaziyatlarimizdan esa foydalana olmadik.
Nima etishmadi? Gol urmadik. Robben va Boatengni yo'qotganimiz yomon bo'ldi, keyin tanaffus oldidan ahmoqona gol qo'yib yubordik. Har ikki gol biz tomonimizdan sovg'a qilindi.
Ammo ko'plab vaziyatlar yarata oldik, shunchaki gol ura olmadik. Biroq taslim bo'lmaymiz, oldinda yana 90 daqiqa bor.
Bunday darajada himoyada qo'pol xatoga yo'l qo'ymaslik kerak. Yaratilgan vaziyatlardan foydalanish kerak", - deydi Haynkes.