«Real» yarimhimoyachisi Isko Chempionlar ligasi finalidan o'rin olgan «Yuventus»ga (4:1) qarshi o'yindan so'ng, o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
«Bu orzudagi mavsum bo'ldi. Uni hech qachon unutmayman. Bizda orzular jamoasi bor.
4 yil ichida uch marta Chempionlar ligasida g'alaba qozonaman deb o'ylamagan edim. Jamoamiz ahil oiladek bo'lib qolgan, barchaga minnatdorchilik bildiraman.
«Real» bilan tezroq yangi shartnoma imzolamoqchiman. Dunyoda bu erdan ham zo'r joy bo'lmasa kerak. «Real» dunyoning eng yaxshi jamoasidir» - dedi Isko.