«Real» bosh murabbiyi Zayniddin Zidan Chempionlar ligasi finalidan o'rin olgan «Yuventus»ga (4:1) qarshi o'yindan so'ng, o'z kelajagi haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
«Real»da umrbod ishlayman deb aytolmayman. Ammo shartnomam bo'yicha yana bir yilim bor va keyingi mavsumda ham jamoani boshqaraman» - dedi Zidan AFP xabarida.
Eslatib o'tamiz, Zidan 2016 yil yanvar oyidan beri «Real»ni boshqarmoqda. Uning qo'l ostida jamoa Ispaniya chempioni va 2 marta EChL g'olibi bo'ldi.