«Real» hujumchisi Krishtianu Ronaldu Chempionlar Ligasi yarimfinalidan o'rin olgan «Bavariya»ga qarshi o'yinda asosiy tarkibda maydonga tushdi.
Gracenote Live xabariga ko'ra, bu portugaliyalik futbolchi uchun musobaqa tarixidagi 151-o'yin bo'ldi. Natijada Ronaldu bu ko'rsatkich bo'yicha
«Barselona» sobiq yarimhimoyachisi Xavi bilan tenglashib oldi va u bilan birga 2-o'rinda bormoqda.
Chempionlar Ligasida hammadan ko'p o'yinni «Real»ning sobiq darvozaboni Iker Kasilyas o'tkazgan - 167ta.