“Bavariya” klubi yarim himoyachisi Aren Robben “Real”ga qarshi uchrashuvda jarohat oldi.
Gollandiyalik futbolchi o'yinning atigi 5-daqiqasida jarohat sabab o'rnini Tiago Alkantaraga bo'shatib berdi.
E'tiborlisi, “Bavariya” 34-daqiqaga kelib yana bir zaxirani amalga oshirishga majbur bo'ldi. Bu safar germaniyaliklar jarohatlangan himoyachi Jerom Boateng o'rniga Niklas Zyuleni tushurdi. Shunday qilib, 34-daqiqaga qadar “Bavariya” 2 ta majburiy zaxirani amalga oshirdi. Hisob 1:1.