"Bavariya" va "Real"ning sobiq futbolchisi Xabi Alonso EChL yarimfinalida "Bavariya" va "Real" o'rtasida birinchi o'yin oldidan fikrlarini o'rtaga tashladi.
Uchrashuv bugun bo'lib o'tadi.
"Chorak finaldagi syurprizlarga qaramay, birinchi o'yin har doim muhim bo'lib kelgan. "Bavariya" o'z maydonida raqiblariga kuchli bosim uyushtiradi va "Real"ning biroz azoblanishiga to'g'ri keladi.
"Bavariya" "Real"ning qarshi hujumlariga e'tibor qaratishi kerak. Chunki, madridliklar yarimta vaziyatdan ham foydalana oladilar", - deydi Alonso.