“Bavariya” hujumchisi Robert Levandovskining fikricha, “Real” — ayni damda EChL g'olibligi uchun yaqqol favorit.
“Agar siz Chempionlar ligasida ketma-ket ikki marta g'olib chiqqan bo'lsangiz, doim yaqqol favoritga aylanasiz. Ammo bu “Real” “Bavariya”ni mag'lub etadi, degani emas”, dedi Levandovski.