“Real” rahbariyati yozda birdaniga ikkita hujumchi xarid qilmoqchi.
“Diario Gol” nashrining yozishicha, “qirollik klubi” bor e'tiborini Neymar va Salohga qaratadi. Florentino Peres keyingi mavsumda hujumda Neymar — Ronaldu — Saloh triosini tashkil qilmoqchi, ya'ni bunda Ronaldu markaziy hujumchiga aylanadi.
“Real” misrlik hujumchi uchun 140 mln evro va Dani Sebalosdan voz kechishga tayyor. Neymar uchun esa “qirollik klubi” yaxshigina summa va Kazemironi bermoqchi.