«Real» prezidenti Florentino Peres Chempionlar ligasi finalidan o'rin olgan «Yuventus»ga (4:1) qarshi o'yindan so'ng, o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
«Biz juda yaxshi futbol namoyish qilib, g'alaba qozondik. Endi navbatdagi mavsumda ham chempion bo'lib, rekordlarni o'rnatmoqchimiz.
Krishtianu? Shubhasiz, «Oltin to'p»ni aynan u oladi. Undan boshqa hech kim bunga loyiq emas.
Zidan 2001 yilda tarkibimizda kelib qo'shilganida, eng yaxshi futbolchi edi. Endi esa murabbiy sifatida eng yaxshi bo'ldi.
Keyingi mavsumga tarkib? Buni Zidan bilan muhokama qilamiz, orkestrda u dirijyorlik qilmoqda» - dedi Peres.