“Real” a'zosi Garet Beyl “Bavariya” safida o'ynashdan faqat mamnun bo'lishini ta'kidladi. Ma'lumot uchun, ayni damda Myunxen klubi uelslik futbolchiga qiziqish bildirmoqda.
“Futbolda ertaga nima bo'lishini hech kim bilmaydi. Men ayni damda “Real” a'zosiman va bundan mamnunman. “Bavariya”da esa ajoyib tarkib bor va ular Evropaning etakchi jamoalaridan hisoblanadi. Nafaqat men, balki har bir futbolchi uchun bunday jamoaning bir qismiga aylanish — baxt”, dedi Beyl.