“Atletiko” posboni Tibo Kurtua yozgi transferlar vaqtida “Real”ga o'tishga qaror qildi.
“Le Parisien” nashrining ma'lumotiga ko'ra, belgiyalik posbon klubning hozirgi holatidan norozi va keyingi mavsumda Chempionlar ligasida ishtirok eta olmasligi mumkinligidan xavotirda. Shu bois Kurtua “aristokratlar” bilan shartnomani uzaytirish borasida muzokara olib bormoqchi emas. Qolaversa, posbon Eden Azar bilan bir xil maosh olmoqchi, ammo London klubi Kurtuaning bu talabini bajarishga shoshilmayapti.