"Bavariya" darvozaboni Manuel Noyer, agar uning jamoasi yarimfinalda "Real" to'sig'idan o'tib EChL finaliga yo'l olsa, finalda jamoasiga yordam bermoqchiligini aytdi.
Eslatib o'tamiz, nemis darvozaboni 2017 yilning sentyabrida jarohat olib, safdan chiqqan edi.
"Bavariya"da chempionlar ligasida g'olib chiqish imkoniyati borligi mening tiklanish jarayonimga katta ta'sir qildi. Bu mening ushbu mavsumda yana o'ynashimga umid berdi. Baribir, qaerdandir paydo bo'lib: "Men finalda o'ynayman" deya olmayman. Mashg'ulotlardagi ishlarim qaror qabul qilishda muhim rol o'ynaydi", - deydi Noyer.