«Real» hujumchisi Karim Benzema Chempionlar ligasi finalidan o'rin olgan «Yuventus»ga (4:1) qarshi o'yindagi g'alabadan xursand ekanini aytdi.
«Bu ajoyib lahzalar. G'alaba – juda zo'r voqea. Qatorasiga ikki turnirda g'alaba qozonib, tarixni o'zgartirdik. «Real» - dunyoning eng yaxshi klubidir, biz baxtiyormiz. Bugungi kundagidek his-tuyg'ular tufayli futbol ichida yashamoqdamiz.
Frantsiya terma jamoasi? Nega yo'q bo'larkan? Murabbiy bilan gaplashib olishim kerak. Keyin esa ko'ramiz» - dedi Benzema L'Equipe xabarida.