"Bavariya" bosh murabbiyi Yupp Haynkes EChL yarimfinalida "Real"ga qarshi birinchi o'yin oldidan fikrlarini bildirdi.
"Bu yarimfinalda ikkita boy tarixga ega klublar to'qnashadi. Bu erda favorit yo'q.
Ha, "Real" oxirgi ikkita EChLda g'olib chiqdi, bu borada ularda ustunlik bor, ammo biz juda yaxshi formadamiz. Biz Bundesligada muvaffaqqiyat qozondik, Kubok finaliga chiqdi va bunga EChL finalini qo'shmoqchimiz.
Krishtianu? U o'ziga xos faoliyatni o'tkazmoqda. "Real" o'yinlarini tahlil qilsang, bunday o'yinchiga dusch kelasan. Ammo chempionlar ligasida teng kuchli tarkibdagi jamoa g'alaba qozonadi va nihoyat, bizda Levandovski bor.
Uchrashuv hakami Kuypersdan tashvish qilmayman. BU yarimfinal, bu bosqichda eng yaxshi hakamlar bo'ladi. Ularga to'liq ishonaman", - deydi Haynkes.