“Real” hujumchisi Alvaro Morata Italiyaning “Milan” klubi safiga o'tish fikridan qaytdi.
Chempionlar Ligasi finalidagi g'alabadan so'ng, u “Real”da qolishga qaror qilgan.
“Men Italiyaga qaytmayman va “Real”da qolishni istayman. Menga Italiya yoqadi, lekin mening shahrim – Madrid. Mening jamoam – “Real”, “Yuventus” esa undan keyingi o'rinda. Transferim faqat o'zimga bog'liq emas. Hozir men g'alabani nishonlamoqchiman” - dedi Morata.
Eslatib o'tamiz, Alvaro “Chelsi” yoki “Milan” klublarida faoliyatini davom ettirmoqchi edi. Uning transfer narxi 60 million evroga baholangan.