"Real" yarimhimoyachisi Toni Kroos EChL yarimfinalida "Bavariya"ga qarshi o'yin oldidan fikrlarini bildirdi.
"O'zing olti-etti yil to'p surgan jamoaga qarshi o'ynash - o'zgacha. Men sobiq jamoadoshlarim bilan ko'rishib turaman. Yupp Haynkes qo'l ostida ham o'ynaganman, uning top-murabbiy ekanini bilaman. U qaytgach, jamoa kayfiyatini o'zgartirib yubordi, "Bavariya" kuchliroq o'ynay boshladi. ShUning uchun o'ylaymanki, uning engish o'tgan yilgidan qiyinroq bo'ladi, ko'ramiz", - deydi Kroos.