Turin shahrida tashkil qilingan fan-zonada Chempionlar ligasidan o'rin olgan «Yuventus» – «Real» (1:4) o'yinini tomosha qilish uchun juda ko'p muxlis to'plandi.
O'yinni tomosha qilish jarayonida kimdir petarda portlatgan va bomba deb baqirgan. Natijada odamlar vahifaga tushib, hududni tark etishga shoshilgan. Oqibatda katta tiqilinch yuzaga kelib, 600ga yaqin odam jabrlangan. AFP xabariga ko'ra, ulardan ikki nafari og'ir ahvolda.