Sobiq Fransiya terma jamoasi hujumchisi Jan-Mishel Larke vatandoshi Karim Benzemaning "Real Madrid"dagi kelajagiga so'roq ostida qaramoqda.
"Har doim jamoangdan ketish murakkab bo'ladi, ayniqsa sovrinlar yutib turganingda. Shaxsan Benzema uchun "Madrid"dan ketishga qaror qilishi qiyin bo'ladi, u boshqa klubda bu qadar sovrinlar yuta olmaydi. Benzema "Real"ning sovrinlar yutishida o'z xissasini qoshgan va u "Madrid" tarixidan joy olgan futbolchi.
Shu o'rinda keyingi mavsum Karim uchun oson bo'lmaydi. O'ylashimcha, Benzema 2018/19-mavsumda zahira o'rindig'ida qoladi. Hozirda barcha Lewandowskini "Real"ga o'tishini ta'kidlashmoqda", - deydi Larke.
Bobojonov