"Barselona" va "Real" klublarining sobiq huumchisi Xaver Saviola faoliyatining yaxshi va yomon kunlari haqida gapirdi.
"Faoliyatimning eng qiyin davrini "Real"da o'tkazganman. Futbolchi doimiy o'yin amaliyotiga ega bo'lmas ekan, vaqti chog' o'tmaydi. Bu qiyin edi.
Quvonchli kunlarimga kelsak, "Barselona"da o'tgan birinchi mavsumim zo'r o'tgan. JUda ko'p gol urgandim. O'sha mavsum individual jihatdan yorqin o'tgan edi, undan zavq olgan edim. U vaqtda juda yosh edim, bu meni ajratib turardi", - deydi Saviola.
Saviola "Barselona" 2001 dan 2007 yilgacha o'ynagan, shundan so'ng "Real"da ikki mavsum o'ynagan. Argentinalik futbolchi 2016 yilda 35 yoshida faoliyatini tugatdi.