"Roma" yarimhimoyachisi Raja Nainggolan EChL yarimfinalida "Liverpul" bilan uchrashuvlar oldidan fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"Liverpul"ga tushganimizdan norozi bo'ldim. Bu bizga tushishi mumkin bo'lgan juda ham qiyin raqib. Ular hatto nimasi bilandir "Real" va "Bavariya"dan ham kuchliroqdirlar.
Ularning yo'qotadigan narsasi yo'q. Agar "Real" yoki "Bavariya" bizni mensimasliklari mumkin bo'lsa, "Liverpul" - bu jangchilar jamoasi", - deydi Nainggolan.