"Real" klubi hujumchi Krishtianu Ronaldu bilan yangi shartnoma imzolashga tayyorgarlik ko'rmoqda, deya xabar beradi AS.
Manbaga ko'ra, klub rahbariyati Ronalduning shartnomasi bandlarini yanada yaxshilamoqchi. Portugaliyalik futbolchi klubning bu taklifidan xabar topgan va rahbariyatning tashabbusini ma'qullagan.
Xabarga ko'ra, shartnoma muddati avvalgiday qoladi - 2021 yilgacha. 33 yoshli futbolchining maoshi yangi shartnomaga ko'ra, yiliga 30 million evroni tashkil qiladi. Kelishuv JCh-2018 musoaqasigacha imzolanishi kutilmoqda.