"Real" hujumchisi Krishtianu Ronalduning mahbubasi, ispaniyalik 22 yoshli model Jorjina Rodriges EChL finalidagi g'alabadan so'ng g'oliblik medalini bo'yniga taqib oldi.
Medalni qo'lga kiritgan Ronaldu g'alabani nishonlash chog'ida uni Jorjinaning bo'yniga osib qo'ydi.
"Millenium" stadionidagi nishonlash chog'ida Ronalduning mahbubasidan tashqari futbolchining onasi Dolores Santush va o'g'li kichik-Krishtianu Ronaldu ishtirok etdilar.