"Real" himoyachisi Rafael Varan klubdagi ishlaridan mamnunligini bildirdi.
"O'zimni juda yaxshi his qilyapman: ha, biz "Yuventus"dan uchta to'p o'tkazib yubordik, ammo yomoni o'ynadim deb o'ylamayman. Menimcha, jamoa juda yaxshi ish olib bormoqda, himoyada yaxshi turibmiz, raqiblarimizga deyarli imkoniyat bermayapmiz.
O'zimga kelsak, men juda baxtiyorman. Havodagi krushda bo'ladimi, to'pni olib qo'yish yoki himoyadan to'pni olib chiqishmi, jamoa o'yiniga sezilarli hissa qo'shyapman, deb o'ylayman. Imkoniyatim darajasida jamoa o'yiniga yaxshi ta'sir qilishga harakat qilaman", - deydi Varan.