"Atletik Bilbao" darvozaboni Kepa Arrisabalaga "Real"ga qarshi uchrashuvdan so'ng intervyu berib o'tdi.
"Bugungi o'yingacha men biror marta ham "Bernabeu"da o'ynamagan edim va men bu stadionda futbol o'ynashni juda istadim. Kechagi uchrashuvda biz g'alabaga juda yaqin kelgan edik, bizda imkoniyatlar bo'ldi ayniqsa birinchi bo'limda. Zidanning so'zlari meni qiziqtirmaydi. Men "Atletik" bilan 7 yillik shartnoma imzolaganimdan xursandman", - deydi Kepa.
Ma'lumot uchun, Kepa Arrisabalaga "Real"ga qasrhi o'yinda seyvlar qilish bo'yicha o'z rekordini yangiladi. "Madrid" bilan o'yinda 23 yoshli darvozabon 9 ta seyvni amalga oshirdi.
La Liga:34 tur uchrashuvlariga tahmin qoldiring
Bobojonov