Madridning "Real" klubi "Atletiko" futbolchisi Teo Ernandez uchun belgilangan summadan 6 mln yevro ko'proq talab qilmoqda.
"Xindular" prezidenti Migel Xil Marin "Real"dan futbolchi uchun 30 mln yevro talab qilmoqda. Vaxolanki futbolchining transfer shartida uning qo'yib yuborilish narxi 24 mln yevro qilib belgilangan. Shuningdek, madridliklar "Atletiko"ga futbolchi bilan shaxsiy kelishuvga erishganidan so'ng taklif bildirishgan. Bu esa FIFA qoidalariga zid. Shu sababli "matraschi"lar FIFAga qo'shnilari borasida shikoyat qilishdi.