Ispaniya La ligasi prezidenti Xaver Tebas navbatdagi "el-klasiko" bahsida "Real" futbolchilarining "Barselona" uchun chempionlik yo'lakchasini tashkil etishi borasida fikrlarga o'z munosabatini bildirib o'tdi.
"Qaymoqranglilar" bosh murabbiyi Zayniddin Zidan jamoasi 6 may kuni "Kamp Nou"da raqib futbolchilariga hech qanday ehtirom ko'rsatilmasligini aytib o'tgandi.
"An'ana saqlanib qolishini istardim. Lekin, agar bu raqibni kamsitadigan bo'lsa, bu menga ham yoqmaydi. Bu muammoni ma'lum vaqtga chetga surib turishni ma'qul ko'raman. Barchasi iziga tushganidan keyin bunga yana qaytamiz.
Bu klub qarori. Men buni tushunaman. Bu raqibga nisbatan hurmatdan ko'ra, raqib jamoani erga urish bilan teng, ayniqsa, gap "Barselona" va "Real Madrid" haqida ketar ekan", – dedi Tebas.