"Real" yarimhimoyachisi Toni Kroos EChL finalida "Yuventus" ustidan qozonilgan g'alabadan so'ng (4:1) fikrlarini bildirdi.
"Bu sovrinni himoya qilib bo'ladi, deb o'ylamagandim. Uni hatto bir marta qo'lga kiritish ham juda qiyin. Biz uni to'rt mavsumda uch marta qo'lga kiritdik. Bu ko'p narsadan darak beradi. Bizda nafaqat maydonda, balki undan tashqarida ham inoq jamoa bor. Men uning bir qismi kanimdan mamnunman.
Krishtianu juda muhim o'yinchi ekani hammaga ma'lum. Biz chorak finalda, yarim finalda va bugun ajoyib jamoaviy o'yin ko'rsatdik. Ammo jamoada gol uradigan bir kishi kerak. U bugun ham buni uddaladi.
"Yuventus"da juda yaxshi himoya bor, ammo bugun biz o'z saviyamizni ko'rsatdik", - deydi Kroos.