"Real" bosh murabbiyi Zinedin Zidan Ispaniya chempionatining 33-turida "Atletik" bilan uchrashuvga (1:1) sharh berdi.
"O'yin natijasidan noroziman, ammo shu bilan birga "Real"ning o'yinidan mamnunman, ayniqsa, birinchi bo'limda imkoniyatlarimiz ko'p bo'ldi. Jamoa charchagan deya olmayman, bizga shunchaki, oxirgi uzatma etishmadi.
O'yin tugadi, endi "Bavariya" bilan o'yinga tayyorlanish uchun 1 hafta vaqtimiz bor", - deydi Zidan.
"Real" va "Bavariya" o'rtasida EChL yarimfinalining birinchi o'yini 25 aprel kuni Germaniyada bo'lib o'tadi.