Hakamlarga videoyordam sistemasi (VAR) EChL chorak finalida "Real" - "Yuventus" uchrashuvida yuzaga kelgan janjalni hal qila olmas edi.
UEFA przidenti Aleksander Cheferinning fikri shunday
"Chempionlar ligasi Ferrari yoki Porshega o'xshaydi, bu avtomobillarni tayyorgarliksiz boshqarib bo'lmaydi, avval mashq qilish kerak.
VAR sistemasini chempionlar ligasida qo'llashga hali erta, u albatta tatbiq qilinadi, ammo biz shoshilmaymiz. VAR "Real" va "Yuventus" o'yinida hech narsani o'zgartira olmagan bo'lar edi. Bu epizodni 20 marta ko'rganlarning yarmi boshqa fikrda, yarmi esa - boshqa.
Buffonning holatini tushunaman, ammo u hakamga bunday demasligi kerak edi", - deydi Cheferin.