"Real" EChL finalida "Yuventus"ni mag'lub etib (4:1), Evropa ligasi g'olibi - "Manchester Yunayted" bilan UEFA Superkubogida o'ynash hufufini qo'lga kiritdi.
O'yin 8 avgust kuni Skopeda bo'lib o'tadi. Makedoniya birinchi marta evrokubok finalini qabul qiladi, "MYu" as 2013 yildan buyon UEFA Superkbogida o'ynagan birinchi ispaniyalik bo'lmagan klub bo'ladi.
"Real" uchun bu oltinchi Superkubok. 1998 va 2000 yilda madridliklar mag'lkb bo'lishgan, ammo keyin uch marta g'olib bo'lishgan - "Feyenord" (2002) va "Sevilya" (2014, 2016) ustidan.
"MYu" Superkubokni 1991yilda "Tsrvena Zvezda"ni yutib (1:0) qo'lga kiritgan. 1999 va 2008 yillarda mos ravishda "Latsio" va "Zenit"ga imkoniyatni boy bergan.